Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 169-modda. Ajrimning mazmuni

Alohida sud hujjati tarzida chiqariladigan ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) sudning nomi, ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) ajrim chiqarilayotgan masala; 4) sudning xulosalariga olib kelgan asoslar hamda sud amal qilgan qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari; 5) koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa; 6) agar qonunda nazarda tutilgan boʻlsa, ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.