Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 176-modda. Bayonnoma yuritish

Bayonnoma sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisining oʻzida yoki alohida protsessual harakat bajarilganida sud majlisi zalidan tashqarida yuritiladi. Bayonnoma sud majlisi tugaganidan yoki alohida protsessual harakat amalga oshirilganidan soʻng uch kundan kechiktirmasdan raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan imzolanishi kerak.