Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 183-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarorini eʼlon qilish

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori sud tomonidan davlat organlarining nizolashilayotgan hujjat eʼlon qilingan rasmiy nashrlariga yuboriladi hamda koʻrsatilgan nashrlarda darhol eʼlon qilinishi lozim.

23-bob. Maʼmuriy organlarning va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish