Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 194-modda. Yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklashning umumiy qoidalari

Sud yoʻqolgan sud ishini yuritishni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, prokurorning arizasiga, shuningdek oʻz tashabbusiga koʻra tiklashi mumkin. Yoʻqolgan sud ishini yuritish toʻliq yoki uning sud fikriga koʻra tiklanishi zarur boʻlgan qismi tiklanadi. Sudning hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimi, agar ular ish yuzasidan chiqarilgan boʻlsa, tiklanishi shart. Arizachi yoʻqolgan sud ishini yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish chogʻida sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini toʻlashdan ozod qilinadi. Bila turib yolgʻon ariza berilganda sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi.