Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 230-1-modda. Ishni talab qilib olish

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeks 224-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning murojaati mavjud boʻlgan taqdirda yoki prokuror ishtirokida koʻrilgan ishlar boʻyicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan boʻlib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti kiritish toʻgʻrisidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli.