Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 232-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish

Ushbu Kodeksda belgilangan shakl va mazmun talablariga rioya qilingan holda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudining ish yurituviga qabul qilinadi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari; 3) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning, protest keltirgan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi); 4) ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilgan sud hujjatlari; 5) sud majlisining vaqti va joyi.