Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 235-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish

Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) koʻchirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ushbu yozma fikrning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.