Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 236-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻxtatib turish

Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudyasi) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarorining ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turadi. Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda sud hujjatining ijrosi toʻxtatib turilishi haqida koʻrsatiladi.