Sud shikoyatni (protestni) taftish tartibida koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli: 1) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun sud hujjati bekor qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga; 4) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga; 5) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga; 6) ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga; 7) ushbu Kodeks 244-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga koʻra boshqa sudga yuborishga. Sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala hal qilinmaganligi yoki notoʻgʻri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun asos boʻlmaydi. Bu holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi koʻrsatiladi.