Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 4-modda. Sudga murojaat qilish huquqi

Har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun maʼmuriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, sudga prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar murojaat qilishga haqli. Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.