Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 50-modda. Guvoh

Ishga doir biror-bir holatdan xabardor har qanday shaxs guvoh boʻlishi mumkin. Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas: fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar — vakil, himoyachi yoki advokat vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻzlariga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida; jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar.