Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 52-modda. Ekspert

Xulosa berish uchun fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida zarur maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotining eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki oʻzga jismoniy shaxs ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas.