Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 58-modda. Vakillar orqali ish yuritish

Sudda yuridik shaxslarning ishlarini ularning qonunchilikda yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari va (yoki) ularning vakillari yuritadi. Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan oʻzlari va (yoki) vakillari orqali yuritishga haqlidir. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum qilmaydi.