Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 62-modda. Vakilning vakolatlari

Sudda ish yuritish vakolatlari vakilga barcha protsessual harakatlarni vakolat beruvchi nomidan amalga oshirish huquqini beradi, bundan kelishuv bitimi tuzish huquqi mustasno. Shartnoma boʻyicha vakillik qiluvchining arz qilingan talabdan toʻliq yoki qisman voz kechish, uning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, arizachining talablarini tan olish, vakolatlarni boshqa shaxsga oʻtkazish (boshqa shaxsga ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy ijro etilishini talab qilish vakolatlarining har biri vakolat beruvchi tomonidan berilgan ishonchnomada maxsus koʻrsatilgan boʻlishi kerak.