Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 67-modda. Isbotlash majburiyati

Agar ushbu Kodeksda maʼmuriy ishlar boʻyicha isbotlash majburiyatlari taqsimlanishining boshqacha tartibi nazarda tutilmagan boʻlsa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻz talablariga yoki eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan haqiqiy holatlarni isbotlashi kerak. Arizachi dalillarni yigʻishda oʻz imkoniyatlari doirasida ishtirok etishi shart. Arizachi oʻziga yetkazilgan zararning miqdorini isbotlashi shart. Isbotlash majburiyati qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashilayotgan maʼmuriy organlarning va mansabdor shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Maʼmuriy organlar va mansabdor shaxslar oʻz eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan faktlarni ham tasdiqlashi shart. Mazkur shaxslar qaror qabul qilishda, harakatlarni sodir etishda faqat oʻzi tayangan asoslarni keltirishi mumkin. Agar taraf sud tomonidan talab etilgan dalilni oʻzida ushlab turgan va uni sud tomonidan belgilangan muddatda sudning soʻroviga koʻra taqdim etmayotgan boʻlsa, undagi maʼlumotlar ushbu tarafning manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va mazkur taraf tomonidan tan olingan deb hisoblanadi.