Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 70-modda. Dalillarning aloqadorligi

Sud faqat ishga aloqador boʻlgan dalillarni qabul qiladi. Agar taqdim etilgan dalillar koʻrilayotgan ishga aloqador boʻlmasa, ular ish materiallariga qoʻshib qoʻyilmaydi, ularning dalil sifatida rad qilinganligi sud hujjatida aks ettiriladi.