Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 77-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash

Ashyoviy dalillar sudda saqlanadi. Sudga olib kelinishi mumkin boʻlmagan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tavsiflanishi, zarur boʻlgan taqdirda esa muhrlab qoʻyilishi, fotosuratga yoki videoyozuvga tushirilishi lozim. Sud va ashyoviy dalillarni saqlovchi ularni oʻzgarmaydigan holatda saqlash boʻyicha choralar koʻradi. Ashyoviy dalillarni saqlash xarajatlari ushbu Kodeksning 115-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq taraflar oʻrtasida taqsimlanadi.