Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 9-modda. Qonun va sud oldida tenglik

Maʼmuriy ishlar boʻyicha odil sudlov fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan, yuridik shaxslarning esa mulkchilik shaklidan, joylashgan yeridan, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.