Quyidagilar dastlabki himoya choralari boʻlishi mumkin: 1) javobgarga muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash; 2) boshqa shaxslarga nizo predmetiga taalluqli boʻlgan muayyan harakatlarni amalga oshirishni taqiqlash; 3) mol-mulkni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish; 4) maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining nizolashilayotgan hujjati ijrosini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish; 5) javobgarning mol-mulkini yoki pul mablagʻlarini xatlash. Sud tomonidan bir vaqtning oʻzida bir nechta dastlabki himoya choralari koʻrilishi mumkin. Dastlabki himoya choralari arz qilingan talabga mos boʻlishi kerak.