Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari

Ushbu Qonunning maqsadi maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashdan iboratdir.