Maʼmuriy tartib-taomillar ochiq, shaffof va manfaatdor shaxslar uchun tushunarli boʻlishi lozim. Maʼmuriy organlar maʼmuriy tartib-taomillar haqidagi axborotdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan usullar orqali erkin foydalanilishini taʼminlashi shart.