Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 11-modda. Manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi prinsipi

Maʼmuriy ish yuritish davomida yuzaga keladigan, qonunchilikning bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklari va noaniqliklari manfaatdor shaxslar oʻrtasida kelishmovchiliklar mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu manfaatdor shaxslar foydasiga talqin qilinadi.