Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 16-modda. Ishonchning himoya qilinishi prinsipi

Vijdonan harakat qiluvchi manfaatdor shaxslarning maʼmuriy hujjatga boʻlgan ishonchi qonun bilan qoʻriqlanadi. Maʼmuriy organlar manfaatdor shaxslarning yuzaga kelgan maʼmuriy amaliyot bilan bogʻliq qonuniy kutilgan natijalarini hurmat qilishi shart. Yuzaga kelgan maʼmuriy amaliyotning oʻzgartirilishi jamoat manfaatlari bilan oqlangan boʻlishi, umumiy xususiyatga ega va barqaror boʻlishi kerak.