Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Maxsus maʼmuriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak. Maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirishga doir u yoki bu munosabatlar maxsus maʼmuriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ushbu Qonun normalari qoʻllaniladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.