Manfaatdor shaxslar maʼmuriy ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxa koʻchirish, rad qilish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga savollar berish, maʼmuriy ish yuritish boʻyicha arz qilish, iltimosnomalar berish, maʼmuriy organga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, maʼmuriy ish yuritish davomida kelib chiqadigan barcha masalalar boʻyicha oʻz vajlarini bayon etish, boshqa manfaatdor shaxslarning arizalari, iltimosnomalari va vajlariga qarshi eʼtiroz bildirish, maʼmuriy va protsessual hujjatlar, shuningdek maʼmuriy harakatlar ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. Manfaatdor shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. Manfaatdor shaxslar oʻziga berilgan protsessual huquqlardan vijdonan foydalanishi va qonunchilikda oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi kerak.