Maʼmuriy hujjatni qabul qilishda ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlarni bayon etish yoki maʼmuriy organning mansabdor shaxsi tomonidan muayyan harakatlarning amalga oshirilishi faktini guvohlantirish uchun guvoh maʼmuriy ish yuritishga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ixtiyoriy tartibda jalb qilinishi mumkin. Guvoh oʻz xohishiga koʻra ogʻzaki yoki yozma koʻrsatuvlar beradi. Guvohning ogʻzaki koʻrsatuvlari maʼmuriy organ tomonidan tegishli bayonnomada bayon etiladi.