Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 46-modda. Manfaatdor shaxsning arizasini taalluqliligi boʻyicha vakolatli maʼmuriy organga yuborish

Talab qilinayotgan maʼmuriy hujjatni qabul qilish oʻz vakolatiga kirmaydigan maʼmuriy organga kelib tushgan ariza qonunchilikka muvofiq maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan maʼmuriy organga koʻpi bilan besh kunlik muddatda yuboriladi va bu haqda arizachiga xabar beriladi.