Maʼmuriy ishni majlisda koʻrib chiqish chogʻida majburiy tartibda bayonnoma yuritiladi. Majlis bayonnomasi maʼmuriy ishni koʻrib chiqishning barcha muhim holatlarini aks ettirishi kerak. Majlis bayonnomasida, xususan, quyidagilar koʻrsatiladi: 1) majlisning sanasi va joyi; 2) majlis boshlangan va tugagan vaqt, majlisdagi tanaffuslar haqidagi maʼlumotlar; 3) maʼmuriy organning nomi, maʼmuriy organ mansabdor shaxsining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki maʼmuriy ishni koʻrib chiqayotgan kollegial organning tarkibi va majlis kotibi; 4) adresat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning yashash joyi, agar adresat yuridik shaxs boʻlsa — uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), agar ish yuritishda vakil ishtirok etayotgan boʻlsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning manzili, shuningdek maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi uchinchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 5) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelganligi haqidagi maʼlumotlar; 6) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilish va ularning majlisga kelmaganligi sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 7) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntirib berilganligi haqidagi maʼlumotlar; 8) maʼmuriy organ mansabdor shaxsining yoki maʼmuriy ishni koʻrib chiqayotgan kollegial organ raislik qiluvchisining ushbu ishni koʻrib chiqish jarayonida qabul qilinadigan protsessual hujjatlari; 9) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning arizalari va iltimosnomalari hamda ularni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 10) taqdim etilgan dalillar, ekspertlarning yozma xulosalari, mutaxassislarning maslahatlari va hokazo haqidagi maʼlumotlar; 11) maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslarning tushuntirishlari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalari yuzasidan ogʻzaki tushuntirishlari, mutaxassislarning fikrlar