Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, maʼmuriy shikoyat maʼmuriy hujjat, protsessual hujjat toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan yoki manfaatdor shaxsga maʼmuriy harakat haqida maʼlum boʻlgan paytdan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin. Maʼmuriy shikoyat berish muddati, agar u uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan boʻlsa, shikoyatni koʻrib chiquvchi maʼmuriy organ tomonidan tiklanishi mumkin.