Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ijro hujjati majburiyatli shaxs uning qabul qilinganligi toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan eʼtiboran kamida besh kun oʻtgach ijro etiladi. Majburiyatli shaxsni tegishli tarzda xabardor qilish imkoni boʻlmagan taqdirda, ijro hujjati tegishli tarzda xabardor qilish imkonsizligi fakti rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran besh kun oʻtgach kuchga kiradi va ijro etiladi.