Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 80-modda. Bevosita majburlov

Agar yengilroq choralar maʼmuriy hujjatning ijrosini taʼminlay olmasa yoki obyektiv holatlarga koʻra ularni qoʻllash mumkin boʻlmasa, maʼmuriy hujjatning ijrosini taʼminlovchi organ, oʻzida tegishli vakolatlar mavjud boʻlgan taqdirda, majburiyatli shaxsni qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy hujjat boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga bevosita majburlashga, bunday vakolatlar mavjud boʻlmaganda esa tegishli ijro hujjatini ijro etish borasida koʻmaklashish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilishga haqli.