Mediatsiya taraflari: mediatorni ixtiyoriy ravishda tanlashga; mediatordan voz kechishga; mediatsiyaning istalgan bosqichida unda ishtirok etishdan voz kechishga; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishga haqli. Mediatsiya taraflari oʻz oʻrtalarida tuzilgan mediativ kelishuvni ushbu kelishuvda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda bajarishi shart. Mediatsiya taraflari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.