Mediatsiya toʻgʻrisida 13-modda. Mediatorning huquqlari, majburiyatlari

Mediator: mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chogʻida bir vaqtning oʻzida ham taraflarning barchasi bilan, ham taraflarning har biri bilan alohida-alohida uchrashuvlar oʻtkazishga, ularga nizoni hal etishga doir ogʻzaki va yozma tavsiyalar berishga; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishi munosabati bilan sarflagan xarajatlarining oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli. Mediator: qonunchilik hujjatlari talablariga va Mediatorning kasb etikasi qoidalariga rioya etishi; oʻz bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi, bundan notarius va advokat maqomiga ega boʻlgan mediatorlar mustasno; mediatsiya boshlanguniga qadar mediatsiya taraflariga mediatsiyaning maqsadini, shuningdek ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chogʻida faqat mediatsiya taraflarining roziligi bilan harakat qilishi; nizo yuzasidan oʻzaro maqbul kelishuvga erishishga taraflarni ishontirishning qonuniy vositalari va usullaridan foydalanishi; vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda va namunada statistik maʼlumotlarni taqdim etib borishi; oʻzining mustaqilligi va xolisligiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan holatlar mavjud boʻlsa yoki yuzaga kelsa, bu haqda taraflarga maʼlum qilishi shart. Mediator qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.