Mediatsiya toʻgʻrisida 23-modda. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilanadi. Bunda mediator va taraflar mediatsiya tartib-taomili oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda tugallanishi uchun barcha mumkin boʻlgan choralarni koʻrishi kerak. Zarur boʻlgan taqdirda, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati taraflarning oʻzaro roziligi bilan oʻttiz kungacha uzaytirilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddati koʻpi bilan oʻn besh kunni tashkil etadi.