Mediatsiya quyidagi holatlar munosabati bilan tugatiladi: taraflar tomonidan mediativ kelishuv tuzilganligi; nizo xususida oʻzaro maqbul boʻlgan qarorga erishish imkoniyati yoʻqligi; mavjud ixtiloflar boʻyicha kelishuvga erishmay turib mediatsiyani tugatish toʻgʻrisida taraflarning kelishuvi tuzilganligi (mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish toʻgʻrisida yozma kelishuv mavjud boʻlgan taqdirda); biror-bir tarafning mediatsiyani davom ettirishdan voz kechishni maʼlum qilganligi; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari oʻtganligi.