Taraflar, mediator, shuningdek mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda hozir boʻlgan boshqa shaxslar muhokamaning mediatsiya predmeti boʻlgan nizo bilan bogʻliq boʻlgan-boʻlmaganligidan qatʼi nazar, agar taraflar boshqacha qoida haqida kelishib olmagan boʻlsa, muhokama jarayonida: taraflardan birining mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifi haqidagi, xuddi shuningdek taraflardan biri uni amalga oshirishda ishtirok etishga tayyor ekanligi toʻgʻrisidagi; nizoni hal etish ehtimoli xususida taraflardan biri bildirgan fikrlar yoki takliflar haqidagi; mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish jarayonida taraflardan biri tomonidan bildirilgan eʼtiroflar toʻgʻrisidagi; taraflardan biri mediatorning yoki ikkinchi tarafning nizoni hal etish haqidagi taklifini qabul qilishga tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotni havola qilishga haqli emas.