Mediatorning faoliyati haq evaziga yoki tekin amalga oshirilishi mumkin. Haq toʻlash va xarajatlarning oʻrnini qoplash taraflar tomonidan, agar ular boshqacha qoida haqida kelishib olmagan boʻlsa, teng ulushlarda amalga oshiriladi. Mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishni rad etgan taqdirda, u mediatsiya taraflari tomonidan oʻziga toʻlangan pul mablagʻlarini qaytarib berishi shart.