Mehnat kodeksi 259-modda. Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganda va ish hajmi koʻpayganda mehnatga haq toʻlash

Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganda, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganda, ish hajmi koʻpayganda xodimning asosiy lavozimdagi ish haqiga quyidagilar uchun qoʻshimcha toʻlov belgilanadi va toʻlanadi: budjetdan moliyalashtirilmaydigan tashkilot xodimlari uchun — bir necha kasbda (lavozimda) haqiqatda bajarilgan ishga doir ish haqi miqdorida; budjet tashkilotlari xodimlari uchun — bir necha lavozimda ishlaganlik uchun tarif stavkasining (maoshining) ellik foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda. Vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning majburiyatlarini bajarish vazifasi shtatdagi uning oʻrnini bosadigan shaxs zimmasiga asosiy ishdan ozod etilmagan holda yuklatilganda qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilmaydi.