Mehnat kodeksi 280-modda. Ish beruvchining xodimga kafolatli toʻlovlarni amalga oshirish majburiyati

Ish beruvchi xodimga: xodim jamoaviy muzokaralarda, jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan davr; xodimlarning vakillari boʻlgan va ishlab chiqarish ishlaridan ozod qilinmagan shaxslar tomonidan xodimlarning vakilligi va ularning manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vazifalar bajarilgan davr; mehnat nizolari boʻyicha komissiya aʼzosi ushbu komissiya ishida ishtirok etgan davr; xodim mehnatni muhofaza qilish sohasida oʻquvdan hamda bilim va koʻnikmalar tekshiruvidan yoki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻzining aybisiz oʻtmaganligi sababli ishdan chetlashtirilgan davr; xodim oʻziga nisbatan xizmat tekshiruvi oʻtkazilganligi tufayli ishdan chetlatilgan davr; xodim yillik mehnat taʼtilida boʻlgan davr; ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan va nuqsonga yoʻl qoʻyilgan davr; ish beruvchining aybi bilan mehnat normalari bajarilmagan, mehnat (lavozim) majburiyatlari ijro etilmagan davr; ushbu Kodeksning 364-moddasiga muvofiq sogʻligʻining holatiga koʻra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan ishga oʻtkazilgan davr; mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakolatli shaxs tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilgan davr; xodim xizmat safarida boʻlgan davr; xodim ish beruvchi bilan birgalikda yoki ish beruvchining taklifiga binoan oʻz roziligiga koʻra boshqa joyga koʻchganida unga yangi joyga koʻchish va joylashish uchun zarur boʻlgan, lekin olti ish kunidan koʻp boʻlmagan vaqt; xodim ishdan ajralgan holda oʻzi va ish beruvchi uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashdan yoki majburiy malaka oshirishdan oʻtgan davr; xodim oʻquv taʼtillarida boʻlgan davr; xodim ijodiy taʼtillarda boʻlgan davr; alohida asoslarga koʻra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishga joylashtirish davri; xodimlar majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtgan davr; homilador ayol yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan xoli boʻlgan ishga oʻtkazilgan davr; ikki yoshga toʻlmagan bolasini parvarish qilayotgan ota-onadan bi