Mehnat kodeksi 285-modda. Kompensatsiya toʻlovlari tushunchasi

Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodimlar tomonidan mehnat majburiyatlarining yoki boshqa majburiyatlarning bajarilishi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida belgilangan pul toʻlovlari kompensatsiya toʻlovlaridir.