Mehnat kodeksi 373-modda. Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi tushunchasi

Ishlab chiqarish taʼlimi shartnomasi ish beruvchi va oʻquvchi (ish beruvchida ishlayotgan shaxs yoki ish qidirayotgan shaxs) oʻrtasida mehnat shartnomasi boʻyicha ishdan ajralgan yoki ajralmagan holda taʼlim olish uchun tuzilgan, kasbiy bilimlar, malakalar va koʻnikmalarni oʻrganish toʻgʻrisidagi yoki qayta tayyorlash haqidagi kelishuvdir.