Mehnat kodeksi 431-modda. Ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarning mehnatiga ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligida haq toʻlash tegishli kasb va lavozimlardagi xodimlarga toʻliq ish vaqti davomiyligidagi miqdorda amalga oshiriladi.

26-bob. Xodimning ish beruvchi bilan mehnatga oid aloqasi xususiyatiga va oʻz mehnat faoliyatini amalga oshirish joyiga bogʻliq holda mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari

1-§. Oʻrindoshlik asosida ishlovchi shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari