Xodim va ish beruvchi masofadan turib ishlovchi xodimning masofadan turib ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasida belgilangan ish vaqti ichida mehnat vazifasini bajarishi uchun muayyan vaqtni nazarda tutuvchi hamkorlik qilish tartibini belgilaydi. Hamkorlik qilish tartibi kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjatda, masofadan turib ishlash haqidagi mehnat shartnomasida belgilanadi. Hamkorlik qilish tartibida masofadan turib ishlovchi xodimning ish beruvchining qoʻngʻiroqlariga, elektron xatlariga va boshqa shaklda amalga oshirilgan soʻrovlariga javob berish majburiyati, shuningdek masofadan turib ishlovchi xodim oʻz mehnat vazifasini bajarish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ish beruvchining soʻrovlariga javob berishi shart boʻlgan muddat nazarda tutilishi mumkin. Hamkorlik qilish tartibida belgilangan vaqtdan tashqari ish beruvchining telefon qoʻngʻiroqlariga, elektron xatlariga va har qanday shaklda amalga oshirilgan soʻrovlariga xodimning javob berishi shart emas. Agar hamkorlik qilish tartibi masofadan turib ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasi taraflari tomonidan kelishilmagan boʻlsa yoxud xodim ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda tegishli ichki hujjat bilan tanishtirilmagan boʻlsa, xodim oʻz vaqtida javob bermaganligi yoki mehnat vazifasini bajarishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha ish beruvchining soʻrovlariga javob bermaganligi uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Masofadan turib ishlovchi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi hamkorlik ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilingan ichki hujjatlarda yoxud masofadan turib ishlash haqidagi mehnat shartnomasida koʻrsatilgan xabarni joʻnatgan shaxsni ishonchli aniqlash imkonini beradigan barcha usullardan foydalangan holda, elektron hujjatlar almashinuvi orqali amalga oshiriladi. Mazkur almashinuv taraflarining har biri masofadan turib ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasida nazarda tutilgan muddatda boshqa tarafdan e