Mehnat kodeksi 466-modda. Xodimlarning ayrim toifalarini vaxta usulidagi ishlarga jalb qilishni cheklash

Vaxta usulida bajariladigan ishlarga quyidagilar jalb qilinishi mumkin emas: oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xodimlar; homilador ayollar; uch yoshgacha boʻlgan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy); tibbiy xulosaga muvofiq vaxta usulidagi ishlarni bajarishiga qarshi koʻrsatmalar boʻlgan shaxslar.