Mehnat kodeksi 509-modda. Ish va dam olish rejimi

Ish rejimi, dam olish kunlarini va yillik mehnat taʼtillarini berish tartibi xodim bilan yakka tartibdagi tadbirkor oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi. Bunda ish haftasining davomiyligi ushbu Kodeksda belgilanganidan koʻproq, yillik mehnat taʼtilining davomiyligi esa qisqaroq boʻlishi mumkin emas.