Mehnat kodeksi 528-modda. Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmasligi

Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishga doir huquqini amalga oshirishni rad etishi toʻgʻrisidagi yozma yoki ogʻzaki majburiyatlari haqiqiy emas.