Ish tashlash quyidagi hollarda tugatiladi: jamoaviy mehnat nizosi taraflari tomonidan oʻzaro yozma kelishuvga erishilganda; ish beruvchi tomonidan ish tashlashni eʼlon qilish toʻgʻrisidagi qarorda ish tashlashni eʼlon qilish va oʻtkazish uchun asos boʻlgan kelishmovchiliklar bartaraf etilganda; sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda noqonuniy deb topilganda; ish tashlashda ishtirok etayotgan xodimlarning ellik foizidan koʻprogʻining roziligi bilan ish tashlashdan voz kechilganida. Xodimlar ish tashlash tugatilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay mehnat shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarini davom ettirishi zarur.