Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida 17-modda. Majburiy meditsina koʻriklari

Korxona sogʻliqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga muvofiq ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat shartnomasini imzolash paytida — dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal qiladigan davrda vaqti-vaqti bilan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilishi shart. Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan bosh tortishga haqli emaslar. Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan bosh tortsalar yoki oʻtkazilgan tekshirishlarning natijalari boʻyicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni bajarmasalar, maʼmuriyat ularni ishga qoʻymaslik huquqiga egadir. Xodim, agar u oʻzining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan bogʻliq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy koʻrik oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega. Tibbiy koʻriklarni oʻtkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha ish haqi saqlanadi.