Ushbu Qonunning maqsadi fan, adabiyot va sanʼat asarlarini (mualliflik huquqi), ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlarini (turdosh huquqlar) yaratish hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdan iborat.