Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 2-modda. Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.